Xalq deputatlari Xiva tuman Kengashi

Xalq deputatlari Xiva tuman Kengashi Xalq deputatlari Xiva tuman Kengashining rasmiy sahifasi

🛣 YO‘LLARNI TA’MIRLASH ISHLARI — O‘RGANILDIXalq deputatlari Xiva tuman Kengashi deputati R. Bobojonov tomonidan saylanga...
19/05/2026

🛣 YO‘LLARNI TA’MIRLASH ISHLARI — O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Xiva tuman Kengashi deputati R. Bobojonov tomonidan saylangan okrug hududidagi yo‘llarning ta’mirlanish holati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

💬 O‘rganish davomida yo‘llarda olib borilayotgan ta’mirlash ishlari sifati, qurilish jarayonlarining belgilangan talablar asosida tashkil etilishi hamda aholi uchun yaratilayotgan qulayliklar atroflicha ko‘zdan kechirildi.

🔎 E’tibor qaratildi:
▶️ yo‘l ta’miri sifati va sur’ati;
▶️ harakat xavfsizligini ta’minlash;
▶️ foydalanilayotgan qurilish materiallari;
▶️ mavjud muammo va kamchiliklar.

💬 Shuningdek, hudud aholisi va mas’ullar bilan muloqot o‘tkazilib, yo‘llarni yanada yaxshilash yuzasidan taklif va fikrlar muhokama qilindi.

📌 Yakunda ta’mirlash ishlarini sifatli va o‘z vaqtida yakunlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

🌟 Ravon va sifatli yo‘llar — hudud taraqqiyoti va aholi qulayligining muhim omili!

📢 QONUN IJROSI — AMALIY TARG‘IBOTDAXalq deputatlari Xiva tuman Kengashi deputati O. Masharipov tomonidan O‘RQ-263-sonli ...
05/05/2026

📢 QONUN IJROSI — AMALIY TARG‘IBOTDA

Xalq deputatlari Xiva tuman Kengashi deputati O. Masharipov tomonidan O‘RQ-263-sonli Qonun ijrosi yuzasidan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

💬 Tadbir davomida qonunning mazmun-mohiyati, uning amaliy ahamiyati hamda fuqarolar hayotidagi o‘rni atroflicha tushuntirildi.

🔎 E’tibor qaratildi:
▶️ qonun talablariga rioya etish;
▶️ fuqarolarning huquq va majburiyatlari;
▶️ amaliyotda uchrayotgan masalalar va ularning yechimlari.

💬 Shuningdek, ishtirokchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.

📌 Yakunda qonun ijrosini ta’minlash va huquqiy madaniyatni oshirish muhimligi alohida ta’kidlandi.

🌟 Qonun ustuvorligi — adolatli jamiyat poydevori!

Ma’sul kotibiyat mudiri O.Masharipov

🏗🏫 KELAJAK MAKTABI — BUGUNDAN BOSHLANADIXalq deputatlari Xiva tuman Kengashi deputati Sh. Ollaberganov tomonidan Pirnaxo...
04/05/2026

🏗🏫 KELAJAK MAKTABI — BUGUNDAN BOSHLANADI

Xalq deputatlari Xiva tuman Kengashi deputati Sh. Ollaberganov tomonidan Pirnaxos mahallasida barpo etilayotgan 40-sonli maktab qurilish maydoniga tashrif buyurilib, olib borilayotgan ishlar joyida o‘rganildi.

💬 O‘rganish davomida qurilish jarayonining sifati, foydalanilayotgan materiallar darajasi, ishlarning belgilangan muddatlarga muvofiqligi hamda umumiy tashkil etilish holati chuqur tahlil qilindi.

🔎 Shuningdek:
🔹 qurilishning texnik talablarga mosligi
🔹 ishlarning borish sur’ati
🔹 kelajakda o‘quvchilar uchun yaratiladigan shart-sharoitlar

alohida e’tibor markazida bo‘ldi.

📌 Yakunda:
✔️ aniqlangan jihatlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi;
✔️ qurilishni sifatli va o‘z vaqtida yakunlash muhimligi ta’kidlandi;
✔️ jarayon ustidan doimiy nazorat o‘rnatildi.

🌟 Bugun barpo etilayotgan maktab — ertangi barkamol avlod poydevori!

🏫 5-SONLI MAKTAB FAOLIYATI O‘RGANILDIXalq deputatlari Xiva tuman Kengashi deputati O. Masharipov tomonidan Gandimyon mah...
01/05/2026

🏫 5-SONLI MAKTAB FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Xiva tuman Kengashi deputati O. Masharipov tomonidan Gandimyon mahallasida joylashgan 5-sonli maktab faoliyati o‘rganildi.

💬 O‘rganish jarayonida ta’lim sifati, o‘quv jarayonining tashkil etilishi, sinf xonalari va infratuzilma holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.

🔎 Shuningdek, o‘qituvchilar va mas’ullar bilan muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar hamda ularning yechimlari muhokama qilindi.

📌 O‘rganish yakunida ta’lim sifatini yanada oshirish, shart-sharoitlarni yaxshilash va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

🌟 Sifatli ta’lim — kelajak poydevori!

🏗 YANGI MTT QURILISHI — NAZORATDAXalq deputatlari Xiva tuman Kengashi deputati O. Masharipov tomonidan yangi qurilayotga...
28/04/2026

🏗 YANGI MTT QURILISHI — NAZORATDA

Xalq deputatlari Xiva tuman Kengashi deputati O. Masharipov tomonidan yangi qurilayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotidagi qurilish ishlari yuzasidan o‘rganish olib borildi.

💬 O‘rganish jarayonida qurilish ishlari sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda loyiha asosida olib borilayotgan ishlar holati atroflicha tahlil qilindi.

🔎 E’tibor qaratildi:
▶️ qurilish ishlari sifati va texnik talablarga muvofiqligi;
▶️ ishlarning borish sur’ati;
▶️ bolalar uchun yaratiladigan shart-sharoitlar.

📌 Natijada:
✔️ aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi;
✔️ qurilishni o‘z vaqtida va sifatli yakunlash bo‘yicha vazifalar belgilandi;
✔️ jarayon doimiy nazoratga olindi.

🏫 Yangi MTT — kelajak avlod uchun mustahkam poydevor!

📍 QONUN TARG‘IBOTI — E’TIBOR MARKAZIDAXalq deputatlari Xiva tuman Kengashi deputati O‘. Matmuratov tomonidan Avaz Dunak ...
22/04/2026

📍 QONUN TARG‘IBOTI — E’TIBOR MARKAZIDA

Xalq deputatlari Xiva tuman Kengashi deputati O‘. Matmuratov tomonidan Avaz Dunak mahallasida mahalla yettiligi faoliyati bilan yaqindan tanishildi hamda hududda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

💬 O‘rganish jarayonida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning muammo va takliflari tinglandi.

🔎 Shuningdek, fuqarolar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasining Aholi bandligi to’g’risidagi O‘RQ-642-sonli Qonuni mazmun-mohiyati yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borildi.

📌 Natijada:
✔️ mahalla faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi;
✔️ qonun mazmunini aholiga yetkazish muhimligi ta’kidlandi;
✔️ muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
Ma’sul bosh mutaxassis F.Karimov

E’tibor markazida — ko‘p qavatli uylar!Xalq deputatlari Xiva tuman Kengashi deputati O. Masharipov tomonidan tumandagi k...
20/04/2026

E’tibor markazida — ko‘p qavatli uylar!

Xalq deputatlari Xiva tuman Kengashi deputati O. Masharipov tomonidan tumandagi ko‘p qavatli uylarning bugungi holati mas’ul tashkilotlar vakillari bilan birgalikda atroflicha o‘rganildi.

🔎O‘rganish davomida:
🔹 uylarning texnik va tashqi holati batafsil ko‘zdan kechirildi
🔹 kirish yo‘laklari, tom qismi va kommunikatsiya tizimlari tahlil qilindi
🔹 aholining murojaat va takliflari tinglandi

💬 Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan muammolar joyida muhokama qilinib, ularni hal etish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi.

🛠 Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga deputatlik so’rovlari yuborilishi rejalashtirildi

🌿 Obod va xavfsiz yashash muhitini yaratish, aholi turmush farovonligini oshirish yo‘lidagi ishlar izchil davom etmoqda!



Ma’sul bosh mutaxassis I.Otajanov

MAKTAB SHAROITLARI — E’TIBOR MARKAZIDA!Xiva tuman Kengashi deputati Sattarova Gulizoda Pishkanik mahallasidagi 19-son ma...
06/04/2026

MAKTAB SHAROITLARI — E’TIBOR MARKAZIDA!

Xiva tuman Kengashi deputati Sattarova Gulizoda Pishkanik mahallasidagi 19-son maktabga tashrif buyurib, undagi sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida o‘quvchilar uchun yaratilgan muhit, kutubxona faoliyati hamda sanitariya holati alohida o‘rganildi.
Diqqat markazida:
hojatxonalarning tozaligi va gigiyenik talablarga mosligi;
kutubxonaning holati va imkoniyatlari;
o‘quvchilar uchun yaratilgan umumiy sharoitlar.

Natijada:
kamchiliklar aniqlanib, tegishli ko‘rsatmalar berildi;
sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha vazifalar belgilandi;
o‘quvchilar uchun qulay va sog‘lom muhit yaratish ustuvor yo‘nalish sifatida qayd etildi.
Kamchilillar yuzasidan deputatlik so’rovlari chiqarich rejalashtirildi.

BOLALAR UCHUN SHAROIT — DOIMO E’TIBORDA!Xiva tuman Kengashi deputati tumandagi Y. Toshpo‘latova 3-son maktabgacha ta’lim...
03/04/2026

BOLALAR UCHUN SHAROIT — DOIMO E’TIBORDA!

Xiva tuman Kengashi deputati tumandagi Y. Toshpo‘latova 3-son maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrif buyurib, undagi sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

💬Tashrif davomida oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, bolalar uchun yaratilgan muhit va ta’lim jarayoni o‘rganildi.

🔎Diqqat markazida:
⚡oziq-ovqat xavfsizligi;
⚡sanitariya talablariga rioya etilishi;
⚡bolalar uchun qulay va xavfsiz muhit.

📌Natijada:
✔️kamchiliklar yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi;
✔️sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha vazifalar belgilandi;
✔️bolalar manfaatlari ustuvor yo‘nalish sifatida qayd etildi.

Ma’sul bosh mutaxassis F.Karimov
Telegram |🌐Web-say Facebook

Address

Khiva

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Xalq deputatlari Xiva tuman Kengashi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share