Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi markazi

Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi markazi Contact information, map and directions, contact form, opening hours, services, ratings, photos, videos and announcements from Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi markazi, Medical and health, Чиланзарский район, Улица Арнасой, 2/катта Чилонзор МСГ, дом 17, Tashkent.

O‘zbekiston vakilini qo‘llab-quvvatlaymiz!Hurmatli hamkasblar!O‘zbekiston Respublikasi vakili — Ibragimova Dilorom Abdul...
15/08/2026

O‘zbekiston vakilini qo‘llab-quvvatlaymiz!

Hurmatli hamkasblar!
O‘zbekiston Respublikasi vakili — Ibragimova Dilorom Abdulazizovnani Akademik A.I. Savitskiy nomidagi mukofot finalida qo‘llab-quvvatlash uchun ajoyib imkoniyat mavjud.
Ibragimova Dilorom Abdulazizovna — Toshkent davlat tibbiyot universiteti Onkologiya va tibbiy radiologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi, falsafa doktori (PhD).

Finalga uning «Teri melanomasining klinik-epidemiologik xususiyatlarini o‘rganish va diagnostikasini takomillashtirish» mavzusidagi ilmiy loyihasi taqdim etilgan.
Bu — O‘zbekiston tibbiyot ilm-fanini qo‘llab-quvvatlash va mamlakatimizni xalqaro professional maydonda munosib namoyon etish uchun muhim imkoniyat.

Ochiq onlayn ovoz berish 10–16 avgust kunlari, shu jumladan 16 avgust kuni ham davom etadi.
Barcha hamkasblar, shifokorlar, tibbiyot xodimlari, talabalar, ilmiy xodimlar, do‘stlar va befarq bo‘lmagan yurtdoshlarimizni O‘zbekiston vakiliga o‘z ovozlari bilan qo‘llab-quvvatlashga chorlaymiz.
Qanday ovoz berish mumkin?
Mukofotning rasmiy saytiga kiring:
award.final-session.ru — Akademik A.I. Savitskiy nomidagi mukofot

Gmail elektron pochtasi orqali ro‘yxatdan o‘ting.
Gmail pochtangizga kelgan xabar orqali ro‘yxatdan o‘tishni tasdiqlang.
Saytga qaytib, Ibragimova Dilorom Abdulazizovna uchun ovoz bering.

Muhim: ovoz berish uchun Gmail orqali ro‘yxatdan o‘tishni albatta tasdiqlash kerak.
Ovoz berish 16 avgustgacha, shu kun ham qo‘shilgan holda, ochiq.
Keling, birgalikda hamkasbimizni qo‘llab-quvvatlaylik va O‘zbekiston tibbiyot ilm-fanini munosib namoyon etaylik!
Ushbu xabarni boshqa tibbiy, ilmiy va professional guruhlarga ham yuborishingizni so‘raymiz.
Bir ovoz — O‘zbekiston tibbiyot ilm-fani uchun katta qo‘llab-quvvatlash!

#ДаримЖизньМечте

15/08/2026

Blits-savol: tibbiyot xodimlari nigohida
Bolalar onkologiyasi — nafaqat chuqur bilim va yuqori mas’uliyatni, balki katta mehr, sabr va insoniylikni ham talab qiladigan murakkab tibbiyot yo‘nalishlaridan biridir.

Bolalar onkologiyasi bo‘limlarida har kuni bemorlar bilan birga bo‘lib, ularning davolanish jarayonida bevosita ishtirok etayotgan hamshiralar va tibbiyot xodimlari bilan samimiy blits-savol-javob o‘tkazdik.

Ularga kasbiga bo‘lgan munosabati, bolalar bilan ishlashning o‘ziga xos jihatlari, jamoaviy mehnat, kasbdagi eng muhim qadriyatlar, bemorlardan oladigan kuch va ilhom manbalari haqida turli savollar berdik.

Ba’zi javoblar o‘ylantiradi, ba’zilari esa tabassum ulashadi. Eng muhimi, har bir javob ortida bolalar salomatligi uchun fidoyilik bilan mehnat qilayotgan tibbiyot xodimlarining samimiy munosabati aks etadi.

Shifokor va hamshira — davolash jarayonining muhim bo‘g‘ini. Ularning e’tibori, g‘amxo‘rligi va bemor bilan muloqoti bolaning ruhiy holatiga ham katta ta’sir ko‘rsatadi.

Eng qiziqarli, samimiy va kutilmagan javoblarni bir videoga jamladik.

Savol-javoblarni videoda tomosha qiling va bolalar onkologiyasi bo‘limlarida faoliyat yuritayotgan tibbiyot xodimlarining kasbiga bo‘lgan munosabati bilan yaqindan tanishing!
Har bir bolaning sog‘ayishi ortida katta jamoaning mehnati, sabri va mehr-muhabbati bor.

#ДаримЖизньМечте

14/08/2026

Bemorlarimizning o‘z tilidan — davolanish yo‘li va taassurotlari

Har bir bolaning davolanish yo‘li — o‘ziga xos tarix. Bu yo‘lda tashxis, davolash jarayoni, sabr va eng muhimi — shifokorlar hamda yaqinlarning qo‘llab-quvvatlashi muhim o‘rin tutadi.

Ushbu videoda bemorlarimiz va ularning yaqinlari kasallik qanday boshlanganini, dastlabki belgilar qanday namoyon bo‘lganini hamda tashxis qo‘yilgach, qanday davolash bosqichlaridan o‘tganini o‘z so‘zlari bilan hikoya qiladilar.

Shuningdek, ular Markazda olib borilgan davolash jarayoni, shifokorlar va tibbiyot xodimlarining e’tibori, g‘amxo‘rligi va bemorlarga ko‘rsatgan amaliy yordami haqida o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashadilar.

Videoni tomosha qiling — bemorlarimizning davolanish yo‘li va samimiy fikrlari bilan tanishing.

──────────────

От первого лица — путь наших пациентов к выздоровлению и их впечатления

Путь каждого ребёнка к выздоровлению — это особая история. В этом пути важную роль играют своевременная диагностика, лечение, терпение и, конечно же, поддержка врачей, медицинских работников и близких.

В этом видео наши пациенты и их близкие рассказывают о том, как началось заболевание, какие первые симптомы они заметили, а также о том, какие этапы лечения им пришлось пройти после установления диагноза.

Кроме того, они делятся своими впечатлениями о процессе лечения в Центре, рассказывают о внимании, заботе и профессиональной поддержке со стороны врачей и медицинских работников.

Смотрите видео и узнайте историю лечения наших пациентов — их путь, впечатления и слова благодарности.

#ДаримЖизньМечте

Onkologning kundalik ko‘rigi: shifokor nimalarni tekshiradi va nega bu juda muhim?Neyroonkologiya bo‘limida har bir tong...
13/08/2026

Onkologning kundalik ko‘rigi: shifokor nimalarni tekshiradi va nega bu juda muhim?

Neyroonkologiya bo‘limida har bir tong shifokorlar ko‘rigi bilan boshlanadi. Shifokor har bir bolani diqqat bilan ko‘zdan kechiradi. Tashqaridan qaraganda bu oddiy va qisqa tekshiruvdek tuyulishi mumkin. Aslida esa ushbu ko‘rik ortida katta tajriba va aniq nazorat tizimi turadi.
Onkolog shunchaki bolaga qarab qo‘ymaydi — onkogematologik kasalliklarga chalingan bemorlarda alohida e’tibor talab qiladigan sohalarni tekshiradi.

Og‘iz bo‘shlig‘i
Og‘iz shilliq qavati organizmdagi o‘zgarishlar haqida muhim ma’lumot beradi. Kimyoterapiyadan keyin shifokor quyidagilarga e’tibor qaratadi:
• Mukozit — shilliq qavatning qizarishi, yupqalashishi va yarachalar paydo bo‘lishi. Bu nafaqat og‘riq keltiradi, balki immunitet pasaygan paytda infeksiya kirish darvozasiga aylanishi mumkin.
• Infeksiyalar — zamburug‘li, virusli yoki bakterial infeksiyalar. Neytropeniya holatida bunday belgilar tezkor davolashni talab qiladi.
• Qonash — trombotsitlar kamayganda milklar o‘z-o‘zidan qonashi mumkin.
• Gigiyena — bolaning og‘iz bo‘shlig‘ini parvarish qilish imkoniyati baholanadi va ota-onalarga tavsiyalar beriladi.

Ko‘zlar
Shifokor ko‘zlarni ham muntazam tekshiradi:
• kon’yunktivaning rangiga;
• qizarish va quruqlikka;
• shish yoki yorug‘likdan qo‘rqish kabi belgilar mavjudligiga;
• infeksiya ehtimolini ko‘rsatuvchi o‘zgarishlarga e’tibor beradi.

Quloq orqasi
Bu soha ko‘pincha e’tibordan chetda qoladi. Ayniqsa bosh va bo‘yin sohasiga nur terapiyasi olayotgan bolalarda bu hududning holatini kuzatish muhim.
Teri qizarishi, qurishi, yorilishi, dermatit yoki infeksiya belgilari erta aniqlanishi kerak.

Qorin sohasi
Qorin palpatsiyasi ham kundalik ko‘rikning muhim qismi hisoblanadi. Shifokor:
• jigar va taloq hajmini;
• og‘riqlilik va qorin mushaklarining tarangligini;
• ichak faoliyatini baholaydi.

Kimyoterapiyadan keyin bolalarda qabziyat yoki ich ketishi kuzatilishi mumkin. Shuning uchun bunday o‘zgarishlarni ham vaqtida aniqlash muhim.

#ДаримЖизньМечте

13/08/2026

Xizmat safari jarayonlaridan videolavha

Markaz mutaxassislarining Toshkent viloyatiga amalga oshirgan amaliy tashrifi davomida olib borilgan ishlar videolavhada aks ettirildi.

Tashrif davomida hududdagi tibbiyot muassasalari va laboratoriyalar faoliyati o‘rganilib, tibbiyot xodimlariga amaliy tavsiyalar berildi hamda o‘quv-seminarlar tashkil etildi.

Videolavhada Nargiza Almedova xizmat safari davomida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar va tashrifning ahamiyati haqida batafsil ma’lumot beradi.

Xizmat safari jarayonlari va batafsil tafsilotlarni videolavhada tomosha qilishingiz mumkin.

──────────────

Видеорепортаж о ходе служебной командировки

В видеоматериале отражены результаты практического визита специалистов Центра в Ташкентскую область.

В рамках визита были изучены деятельность медицинских учреждений и лабораторий региона, специалистам сферы здравоохранения предоставлены практические рекомендации, а также организованы обучающие семинары.

Подробности и основные моменты служебной командировки смотрите в видеоматериале.

#ДаримЖизньМечте

“Sog‘ayishdan farovonlik sari” II xalqaro bolalar saratoni kongressiHurmatli hamkasblar!Sizlarni 2026-yil 21–22-oktabr k...
12/08/2026

“Sog‘ayishdan farovonlik sari” II xalqaro bolalar saratoni kongressi

Hurmatli hamkasblar!

Sizlarni 2026-yil 21–22-oktabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan “Sog‘ayishdan farovonlik sari” II xalqaro bolalar saratoni kongressida ishtirok etishga taklif qilamiz.
Kongress “Bolalar farovonligiga investitsiyalar: kelajak avlodlarning barqaror va adolatli rivojlanishi sari yo‘l” Butunjahon sammiti doirasida tashkil etiladi.
Tadbirning asosiy maqsadi — bolalar onkologiyasi va gematologiyasi sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar o‘rtasida dolzarb bilimlar va amaliy tajriba almashinuvini ta’minlash, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash hamda sog‘liqni saqlash sohasidagi yangi tashabbuslarni rivojlantirish.

Kongress tashkilotchilari:
🔸 O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi;
🔸 Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi;
🔸 Bolalar saratoni bo‘yicha Xalqaro akademik HUB.
Kongressning asosiy ilmiy yo‘nalishlari:
🔺 jamoat salomatligi, sog‘liqni saqlashni tashkil etish va boshqarish, xalqaro hamkorlik;
🔺 bolalar onkologiyasi va onkogematologiyasi;
🔺 gemopoetik ildiz hujayralari transplantatsiyasi;
🔺 molekulyar diagnostika va shaxsiylashtirilgan tibbiyot;
🔺 qo‘llab-quvvatlovchi terapiya, reabilitatsiya va hayot sifati;
🔺 infeksion nazorat, nutritiv va psixoijtimoiy yordam hamda palliativ tibbiyot.
Kongress xalqaro sheriklikni mustahkamlash, ilg‘or ilmiy va klinik tajribalarni birlashtirish hamda har bir bolaning sog‘lom va himoyalangan muhitda ulg‘ayishi uchun sa’y-harakatlarni birlashtiradigan muhim maydonga aylanadi.

🌐 Sammit va ro‘yxatdan o‘tish tartibi haqida batafsil ma’lumot

📞 Tashkiliy qo‘mita bilan bog‘lanish:
Mas’ul shaxslar: Gimush I.R., Amangeldiyeva L.M.

Telefonlar: +998 90 805 23 87; +998 90 097 45 09
Elektron pochta: [email protected]

#ДаримЖизньМечте

https://investinchildren.uz/

12/08/2026

Laboratoriya faoliyati — aniq tashxisning muhim bo‘g‘ini

Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassislarining Toshkent viloyatiga amaliy tashrifi davomida hududdagi tibbiyot muassasalari qatorida laboratoriyalar faoliyati ham batafsil o‘rganildi.

Tashrif davomida laboratoriyalarning ish jarayoni, mavjud imkoniyatlari, diagnostik tekshiruvlarning tashkil etilishi hamda mavjud muammolar tahlil qilindi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, laboratoriya xizmatlarini takomillashtirish va tahlil natijalarining sifatini yanada oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar hamda aniq yechimlar taqdim etildi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar Odil Hojiboyevich tomonidan olib borilib, hududdagi laboratoriya xizmatlarini rivojlantirish, diagnostika sifatini oshirish hamda bolalar onkologik va gematologik kasalliklarini o‘z vaqtida aniqlash imkoniyatlarini kengaytirishga qaratildi.

──────────────

Работа лабораторий — важнейшее звено точной диагностики

В рамках практического визита специалистов Научно-практического медицинского центра детской онкологии, гематологии и иммунологии в Ташкентскую область наряду с деятельностью медицинских учреждений региона была подробно изучена работа лабораторий.

В ходе визита были проанализированы рабочие процессы лабораторий, имеющиеся возможности, организация диагностических исследований, а также существующие проблемы.

По выявленным недостаткам были даны практические рекомендации и предложены конкретные решения, направленные на совершенствование лабораторных услуг и дальнейшее повышение качества результатов исследований.

Работу в данном направлении проводил Одил Ходжибоевич. Основное внимание было уделено развитию лабораторной службы в регионе, повышению качества диагностики и расширению возможностей для своевременного выявления онкологических и гематологических заболеваний у детей.

#ДаримЖизньМечте

Markaz mutaxassislarining hududlarga amaliy tashriflari davom etmoqdaBolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiy...
12/08/2026

Markaz mutaxassislarining hududlarga amaliy tashriflari davom etmoqda

Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassislarining hududlarga amaliy tashriflari davom etmoqda.

Navbatdagi xizmat safari Toshkent viloyatining Bo‘ka, Bekobod va Oqqo‘rg‘on tumanlarida tashkil etildi.

Tashrif davomida hududdagi tibbiyot muassasalari va shifoxonalarning faoliyati, bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar, shuningdek, laboratoriyalarning holati o‘rganildi.

Markaz mutaxassislari tomonidan bemorlarni davolash, tibbiy kuzatuvga olish va zarur hollarda to‘g‘ri yo‘naltirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Shuningdek, tibbiyot xodimlari uchun o‘quv-seminarlar tashkil etilib, bolalarda onkologik va gematologik kasalliklarni erta aniqlash, zamonaviy tashxislash hamda davolash bo‘yicha muhim tavsiyalar taqdim etildi.

Bunday amaliy tashriflar hududlarda tibbiy xizmat sifatini oshirish, tibbiyot xodimlarining kasbiy salohiyatini mustahkamlash va bolalarga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamni yanada yaqinlashtirishga xizmat qilmoqda.

#ДаримЖизньМечте

Xalqaro hamkorlik: RODOG va O‘zbekiston Xalqaro akademik xabi o‘rtasida memorandum imzolandi2026-yil 10-avgust kuni Tosh...
11/08/2026

Xalqaro hamkorlik: RODOG va O‘zbekiston Xalqaro akademik xabi o‘rtasida memorandum imzolandi

2026-yil 10-avgust kuni Toshkent shahrida Rossiya bolalar onkologlari va gematologlari jamiyati (RODOG) hamda O‘zbekiston Respublikasining Bolalar saratoni bo‘yicha xalqaro akademik xabi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur memorandum O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida bolalar onkologiyasi va gematologiyasi sohasidagi uzoq muddatli professional hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.

Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari:
🔹 mutaxassislar o‘rtasida professional tajriba almashish;
🔹 O‘zbekiston va Rossiya mutaxassislari o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni rivojlantirish;
🔹 RODOG, Bolalar onkologiyasi va gematologiyasi Yevroosiyo maktabi (ESHDOG) hamda Xalqaro akademik xab ishtirokida qo‘shma ta’lim va ilmiy loyihalarni amalga oshirish.

Memorandum doirasidagi hamkorlik bolalar onkologiyasi va gematologiyasida zamonaviy yondashuvlarni rivojlantirish, ilg‘or davolash usullarini amaliyotga joriy etish hamda mutaxassislarning xalqaro tajriba almashish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, 2026-yil 10-avgust kuni mutaxassislar uchun “Zamonaviy texnologiyalar” mavzusida ma’ruza tashkil etildi.

Ma’ruzachi — Kirill Igorevich Kirgizov.
Ma’ruza davomida zamonaviy davolash usullari va ilg‘or tibbiy texnologiyalar muhokama qilinib, mutaxassislar o‘rtasida professional tajriba almashildi.
Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bolalar onkologiyasi va gematologiyasida tibbiy yordam sifatini oshirish yo‘lidagi muhim qadamdir.

#ДаримЖизньМечте

11/08/2026

Xalqaro Hamkorlik — bolalar onkologiyasini rivojlantirish yo'lida

Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga RODOG hamda N.N. Bloxin nomidagi Onkologiya milliy tibbiy tadqiqot markazi mutaxassislari tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida Markaz faoliyati va mavjud imkoniyatlar bilan tanishish, mutaxassislar o‘rtasida ishchi uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish, shuningdek, ilmiy-ma’rifiy ma’ruzalar va professional tajriba almashinuvi tashkil etildi.

Hamkorlikning asosiy maqsadi — bolalar onkologiyasi va gematologiyasida zamonaviy yondashuvlarni yanada rivojlantirish, ilg‘or davolash usullarini amaliyotga joriy etish, shuningdek, mutaxassislar uchun xalqaro ta’lim va tajriba almashish imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat.

Uchrashuvlar davomida bolalar onkologiyasi, xususan, yumshoq to‘qimalar sarkomalarini davolash, hamroh terapiya, hujayraviy texnologiyalardan foydalanish hamda boshqa zamonaviy davolash usullarini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Shuningdek, Toshkent shahrida tashkil etilgan Xalqaro bolalar saratoni akademik xabini yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Xabning asosiy vazifasi — zamonaviy ta’lim dasturlari, xalqaro ekspertiza hamda bilim va professional tajriba almashinuvi uchun yirik xalqaro platformaga aylanish.

Ushbu videoda Kirill Igorevich Kirgizov hamkorlikning asosiy maqsadlari, kutilayotgan natijalar va O‘zbekistonda bolalar onkologiyasini yanada rivojlantirish istiqbollari haqida so‘z yuritadi.

#ДаримЖизньМечте

Address

Чиланзарский район, Улица Арнасой, 2/катта Чилонзор МСГ, дом 17
Tashkent

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi markazi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Shortcuts

Share