Sanepidxizmat_uz

Sanepidxizmat_uz Sanepiduz

Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari yuzasidan tanqidiy muhokama o‘tkazildiSanepidqo‘mning Surxondaryo va Qashqadaryo v...
03/07/2026

Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari yuzasidan tanqidiy muhokama o‘tkazildi

Sanepidqo‘mning Surxondaryo va Qashqadaryo viloyat boshqarmalari hamda tuman (shahar) bo‘limlarida korrupsiyaga qarshi kurashish, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni barvaqt aniqlash va ularning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Yig‘ilishda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar, murojaatlar bilan ishlash, xizmatlar ko‘rsatishda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash hamda ichki nazorat tizimini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Sohadagi mavjud kamchiliklar tanqidiy baholanib, ularni bartaraf etish, har bir rahbar va mas’ul xodimning shaxsiy mas’uliyatini oshirish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni kuchaytirish hamda bu boradagi ishlar samaradorligini yanada yuksaltirish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

Sanepidqo'mita Axborot xizmati

MUZQAYMOQ BOLAGA ZARAR QILADIMI? MUTAXASSIS JAVOB BERADI‼️Muzqaymoq bolalarning eng sevimli shirinliklaridan biri hisobl...
03/06/2026

MUZQAYMOQ BOLAGA ZARAR QILADIMI? MUTAXASSIS JAVOB BERADI

‼️Muzqaymoq bolalarning eng sevimli shirinliklaridan biri hisoblаnаdi. Ko‘plab ota-onalar esa “Bolaga muzqaymoqni necha yoshdan berish mumkin?”, “U tomoq og‘rig‘ini keltirib chiqaradimi?”, “Qaysi turi xavfsizroq?” kabi savollarga javob izlaydi. Haqiqatdan ham, muzqaymoq nafaqat mazali desert, balki uning tarkibi, miqdori va iste’mol qilish usuli bola salomatligiga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

🔰Mutaxassislar fikriga ko‘ra, muzqaymoqni to‘g‘ri tanlash va me’yorda berish orqali uning ehtimoliy zararlarini kamaytirish mumkin.

♻️Muzqaymoqning bolalar organizmiga ta’siri, uni qaysi yoshdan boshlab berish mumkinligi, foydali va ehtiyot bo‘lish lozim bo‘lgan jihatlari haqida aholini qiziqtirgan savollar bilan tibbiyot fanlari nomzodi Aqida Nosirova bilan suhbatlashdik.

❓Bolalarga muzqaymoqni necha yoshdan boshlab berish mumkin?

Batafsil: 👇👇
https://gov.uz/oz/sanepid/news/view/171917

Sanepidqo'mita Axborot xizmati

Sanminimum kurslarida study.sanepid.uz onlayn platformasi  orqali tez  va oson o‘qingO‘qishni boshlash uchun QR kodni sk...
01/06/2026

Sanminimum kurslarida study.sanepid.uz onlayn platformasi orqali tez va oson o‘qing

O‘qishni boshlash uchun QR kodni skanerlang https://study.sanepid.uz

Hozircha platformada orqali
➡️go‘sht va go‘sht mahsulotlari
➡️sut va sut mahsulotlari
➡️non va un mahsulotlari
➡️ oziq-ovqat qo‘shimchalari
➡️biologik faol qo‘shimchalar
➡️ tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalari da faoliyat yurituvchiklar uchun kurslar mavjud

📚 O‘qishni muvaffaqiyatli yakunlaganlar uchun QR-kodli sertifikatlarni avtomatik qo‘lga kiritasiz

🔝 Hoziroq o‘qishni boshlang!
Xavfsiz xizmat faoliyatingizni kafolatlang!

⚡️Zero aholi salomatligini saqlash siz-u bizning burchimizdir

Sanepidqo'mita Axborot xizmati

24/04/2026

🟦🟦🟦

Butunjahon immunizatsiya haftaligi munosabati bilan jurnalistlar va OAV vakillari bilan ochiq muloqot bo'lib o'tdi

📌 Seminarda Sanepidqo‘mita mutaxassislari, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa va O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

▶️ Muloqotdan ko'zlangan maqsad emlashning ahamiyati haqida xabardorlikni oshirish, emlashdan teng ravishda foydalanishni ta’minlash va barcha yoshdagi odamlarni yuqumli kasalliklardan himoya qilish;

➡️emlashning zarurligi va xavfsizligi haqida aholini xabardor qilish;

➡️ har yili 2 milliondan 5 milliongacha odam hayotini saqlab qolishda eng samarali usul sifatida emlashning rolini ta’kidlash;

➡️ jamiyatni himoya qilish uchun jamoaviy harakatlarning zarurligini keng targ‘ib qilish.

Batafsil: 👇
https://gov.uz/oz/sanepid/news/view/157605

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt

⚡️Sanepidqo’mitada yoshlar bilan ishlash bo’yicha Qashqadaryo tajribasi yo’lga qo’yiladi.🖥Bu haqida Qo’mita raisi B.Yusu...
20/02/2026

⚡️Sanepidqo’mitada yoshlar bilan ishlash bo’yicha Qashqadaryo tajribasi yo’lga qo’yiladi.

🖥Bu haqida Qo’mita raisi B.Yusupaliyev yoshlar bilan o’tkazilgan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvida aytib o’tdi.

⚡️“Endi yoshlar bilan ishlashni yangi bosqichga ko’taramiz, xorijiy tillarni bilgan va sohada tashabbuskorlik qilayotgan yoshlar xorijga malaka oshirish va tajriba almashishga yuboriladi. Har bir tumandan til o’rganishga ishtiyoqi bor yoshlarning 2 nafariga xorijiy til kurslariga toʻlovlar toʻlab beriladi faqat 6 oyda natija koʻrsatish lozim. Agar bu tajriba oʻzini oqlasa Respublikamizni boshqa hududlarida ham joriy qilinadi ” -dedi Qo’mita raisi.

Ko’tarinki ruhda o’tgan uchrashuvda yoshlarning muammolar va takliflari tinglandi. Ular uchuj sport musobaqalari, intelektual oʻyinlar va ilmiy ishlar uchun ko’mak berilishi ta’kidlandi.

Tadbir so’ngida 17 nafar qashqadaryolik yosh soha xodimlariga Qo’mita raisining tashakkurnomasi hamda 5mln so’mlik voucherlar tantanali topshirildi.

     📣  JORIY YILNING FEVRAL OYI OXIRIGACHA MAMLAKAT BO‘YLAB DAVLAT MTT BOLALARI GRIPPGA QARSHI BEPUL EMLANADI💉 520 000 ...
09/02/2026



📣 JORIY YILNING FEVRAL OYI OXIRIGACHA MAMLAKAT BO‘YLAB DAVLAT MTT BOLALARI GRIPPGA QARSHI BEPUL EMLANADI

💉 520 000 doza grippga qarshi vaksinalar davlat tomonidan xarid qilinib, maktabgacha ta’lim tashkilotlari bolalarini emlash uchun hududlarga tarqatildi.

💉 Ushbu emlashni o‘tkazishdan asosiy maqsad:

✔️Bolalar, xususan maktabgacha yoshdagilar grippga nisbatan eng himoyasiz qatlam hisoblanadi. Ular jamoada ko‘p bo‘lgani sababli virus tez yuqadi.

✔️Fevral oyida emlash bolalarni pnevmoniya, bronxit, otit kabi og‘ir asoratlardan himoya qiladi, shuningdek, bog‘chalarda ommaviy kasallanishning oldini oladi.

✔️Gripp viruslari fevral–mart oylarida ham faol aylanishda bo‘ladi. Emlash qilinganidan so‘ng 10–14 kun ichida organizmda immunitet shakllanadi va bola mavsum oxirigacha himoyalangan bo‘ladi.

✔️Fevral oyida kasallik og‘ir kechish xavfi yuqori bo‘ladi. Emlash kasallanishni to‘liq oldini olmasa-da, uning yengil shaklda o‘tishiga va asoratlarning oldini olishga yordam beradi.

📝 Emlash jarayonida bolalar shifokor ko‘rigidan o‘tkaziladi hamda sog‘lom bolalar grippga qarshi emlanadi.

⚠️ Hurmatli ota-onalar!
Bolalaringizni o‘z vaqtida emlashni unutmang! Grippga qarshi vaksinalar xavfsiz va samarali.

🌱 Zero, emlash — sog‘lom kelajak garovidir.

Sanepidqo'mita Axborot xizmati

 JORIY YILNING 2-14-FEVRAL KUNLARI MAMLAKAT BO'YLAB "QIZAMIQQA QARSHI OMMAVIY IMMUNIZATSIYA HAFTALIGI" O'TKAZILMOQDA!💉Us...
09/02/2026



JORIY YILNING 2-14-FEVRAL KUNLARI MAMLAKAT BO'YLAB "QIZAMIQQA QARSHI OMMAVIY IMMUNIZATSIYA HAFTALIGI" O'TKAZILMOQDA!

💉Ushbu emlash haftaligini o'tkazishdan asosiy maqsad:

✔️6 oylikdan 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarni;

✔️1 yoshdan 7 yoshgacha emlanmagan yoki faqat bir marta emlangan bolalarni;

✔️30 yoshgacha bo‘lgan katta yoshdagilar ham xavfsiz emlashdir.

📝 Immunizatsiya haftaligi davomida:

📌Go‘daklar shifokor ko‘rigidan o‘tkaziladi hamda sog‘lom bolalar qizamiqqa qarshi emlanadi.

📌Har bir yosh bo‘yicha bolalar ro‘yxatga olinadi;

📌profilaktik emlash kartasida emlanganlik holati qayd etiladi;

⚠️Hurmatli ota-onalar bolalaringizni o'z vaqtida emlashni unutmang!

Zero, emlash - sog'lom kelajak garovidir.

⚡️Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt

27/01/2026

🔴 📆 2025-yilda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar📌2025-yil davomida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tizimida korrupsiyaning oldini olish, xizmatlar shaffofligini oshirish va xavf-xatarlarni kamaytirishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirildi. 📌Jumladan, 2025-yilda Sanitariya-epidemiologiya sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishga qaratilgan tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni mustahkamlash maqsadida Sanepidqo‘mning tegishli buyrug‘i asosida 14 ta ichki me’yoriy-huquqiy hujjat ishlab chiqilib, belgilangan tartibda qabul qilindi.Batafsil: 👇https://gov.uz/oz/sanepid/news/view/124814⚡️Sanepidqo'mita Axborot xizmati😎Telegram|😎 Instagram|😎 Facebook|😎 YouTube|😐Veb-sayt

Address

Chilonzor Tumani Bunyodkor 46
Tashkent

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Sanepidxizmat_uz posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Shortcuts

Share