12/09/2026
Professor S.M. Bubnovskiyning ko‘p yillik tajribasiga ko‘ra, gonartroz (tizza bo‘g‘imi artrozi) bemorlarning shifokorga murojaat qilish sabablari orasida mustahkam ravishda ikkinchi o‘rinni egallab kelmoqda. Bu juda keng tarqalgan kasallik bo‘lib, to‘g‘ri davolanmasa, insonni erkin harakatlanish quvonchidan mahrum qilishi mumkin.
Ko‘pchilik bo‘g‘imning yemirilishini — albatta jarrohlik amaliyotiga yoki umrbod og‘riq qoldiruvchi dorilar ichishga olib keluvchi hukm, deb hisoblashga odatlangan. Biroq Bubnovskiy usuli bunga mutlaqo boshqacha yondashuvni taklif etadi. Professor S.M. Bubnovskiy o‘z bemorlariga charchamay shunday eslatadi:
«Mushaklar har qanday yoshda ham tiklanadi, sog‘liqni esa faqat harakat orqali qaytarish mumkin».
Tizza bo‘g‘imi o‘z-o‘zidan alohida mavjud bo‘lmaydi — uning hayoti, oziqlanishi va amortizatsiyasini atrofidagi mushak va boylamlar ta’minlaydi. Ular kuchsizlanib, ishdan chiqqanda, bo‘g‘im yemirilishni boshlaydi. Hech qanday habdori yoki malham dori (maz) qonning chuqur to‘qimalarda aylanishini to‘g‘ri tashkil etilgan jismoniy yuklama kabi ta’minlab bera olmaydi.
Doktor Bubnovskiy markazida biz kasallikning alomatlari (simptomlari) bilan emas, balki uning kelib chiqish sababi bilan kurashamiz. Bizning maqsadimiz — mushaklarning transport funksiyasini tiklash, bo‘g‘imga to‘g‘ri biomexanikani qaytarish va og‘riq sindromini tabiiy yo‘l bilan bartaraf etishdir.
Erkin harakatlanish qobiliyatini va tabiat tomonidan in’om etilgan sog‘liqni o‘zingizga qaytaring.
#фергана