26/08/2026
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining 2026-yil 4-avgustdagi 02-07/8428-sonli topshiriq xati hamda Qo‘mita raisi tomonidan tasdiqlangan xizmat safari reja-jadvaliga muvofiq, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida profilaktik chora-tadbirlarni kuchaytirish, xodimlarning huquqiy ongi, huquqiy madaniyati va shaxsiy mas’uliyatini oshirish, shuningdek, hududiy bo‘linmalarda mazkur yo‘nalishdagi ishlar holatini o‘rganish maqsadida Surxandaryo viloyatida xizmat safari va o‘rganish tadbirlari amalga oshirildi.
Reja-jadvalga muvofiq, Surxandaryo viloyati bo‘yicha o‘rganish ishlari 2026-yil 21-avgust va 24-avgust kunlari Viloyati boshqarmasi va Angor tuman bo‘limida o`rganish o‘tkazildi. O‘rganish doirasida rahbariyat va xodimlar ishtirokida yig‘ilishlar, korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot-tushuntirish tadbirlari, hujjatlar hamda amaldagi jarayonlar yuzasidan tekshiruvlar tashkil etildi. 2026-yil 24-avgust o`rganishlar yakuni bo`yicha Video konferinsiya bo`lib o`tdi.