Sanepid_Xatirchi

Sanepid_Xatirchi Contact information, map and directions, contact form, opening hours, services, ratings, photos, videos and announcements from Sanepid_Xatirchi, Medical and health, Xatirchi tuman Damariq mfy Farxod kuchasi 3-uy, Yangirabad.

23/07/2025

Korrupsiya haqida xabar berish — xavf emas, masʼuliyat. Sen boshla – sening ortingdan boshqalar ham ergashadi.
Korrupsiyaga duch kelsangiz quyidagi aloqa manzillariga murojaat qilishingizni so‘raymiz:
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi: Call-markaz – 1253
Sanepidqo'mitaning Xatirchi tuman bo'limi. Ishonch telefoni 55-351-58-41.

Sen kurashmasang, kimdir unga yo‘l ochadi.Jim turish — bu illatga ijozat berishdir.Korrupsiya haqida xabar ber, adolat u...
23/07/2025

Sen kurashmasang, kimdir unga yo‘l ochadi.
Jim turish — bu illatga ijozat berishdir.
Korrupsiya haqida xabar ber, adolat uchun kurash!
—————
Korrupsiyaga duch kelsangiz quyidagi aloqa manzillariga murojaat qilishingizni so‘raymiz:
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi: Call-markaz – 1253
Sanepidqo'mitaning Xatirchi tuman bo'limi Ishonch telefoni 55-351-58-41.

Hududlarda korrupsiya xavf-xatarlarini aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha yangi mexanizm joriy etiladiBugun Bosh prokur...
14/05/2025

Hududlarda korrupsiya xavf-xatarlarini aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha yangi mexanizm joriy etiladi

Bugun Bosh prokuraturada Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalar ijrosini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov va Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari Baxriddin Valiyev ishtirok etdi.

Taʼkidlanganidek, o‘tgan ikki oy mobaynida Respublika idoralararo ishchi guruhi tomonidan o‘tkazilgan kompleks o‘rganishlar asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida barcha soha va tarmoqlarni qamrab oluvchi “Yo‘l xaritalari” ishlab chiqildi.

“Yo‘l xarita” lari doirasida o‘tkaziladigan o‘rganishlarda sohada korrupsiyaga imkon berayotgan omillarni aniqlash, xususan, byurokratiya, qog‘ozbozlik va "inson omili"ni qisqartirish, ochiqlik, hisobdorlik mexanizmlarining yaratilmaganligi kabi elementlarga alohida eʼtibor qaratiladi. Asosiy maqsad — “tajriba yaratish” yaʼni, berilgan topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida sifatli bajarsak, hamma birday masʼuliyat bilan yondashsa, kelgusida boshqa hududlarga tatbiq etish jarayoni shunchalik oson amalga oshiriladi,
— dedi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov.

“Yo‘l xarita”larining o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishini taʼminlashga xalq deputatlari Kengashlari raislari, Korrupsiyaga qarshi hududiy kengash raislari va viloyat prokurorlari masʼul etib belgilandi.

Hududlardagi “Yo‘l xaritalari”ning
ijrosini monitoring qilish
bo‘yicha
Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari
va
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori rahbarligida
Ishchi guruhi tashkil etildi.

Ushbu ishchi guruh har hafta bevosita korrupsiya xavf-xatari yuqori bo‘lgan sohalar kesimida muayyan hududga chiqqan holda belgilangan obyektlarda korrupsiyaviy omillarni o‘rganadi va ularni bartaraf etish choralarini ko‘radi.

Yig‘ilishda “Yo‘l xarita”larida belgilangan topshiriqlarga jiddiy yondashish, ijrosini o‘z vaqtida taʼminlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

❓Ботулизм нима? Унинг профилактикаси ҳақида биласизми?Аҳоли ўртасида хонадон шароитида тайёрланган, сифати кафолатланмаг...
29/10/2024

❓Ботулизм нима? Унинг профилактикаси ҳақида биласизми?

Аҳоли ўртасида хонадон шароитида тайёрланган, сифати кафолатланмаган консерва маҳсулотларини истеъмол қилиш оқибатида овқатдан заҳарланиш – ботулизм касаллиги учрайди.

❗️Бунинг сабаби оддий – уй шароитида консерва маҳсулотлари тайёрлашда ҳамма ҳам зарур технологик жараёнлар, санитария меъёрлари ва шахсий гигиена қоидаларига тўла риоя қилмайди.

🔺Шунингдек, уларни белгиланган ҳароратда сақлашга ҳам кўпинча эътибор берилмайди. Натижада консервадаги ботулизм споралари тез ривожланади ва заҳарли токсинлар чиқаради.
Батафсил👇https://www.facebook.com/sanepid.navoiy?👈

 Xalq salomatligini asrash va aholi farovonligini ta’minlash yo‘lida faoliyat olib boradigan Sanitariya-epidemiologiya s...
29/10/2024



Xalq salomatligini asrash va aholi farovonligini ta’minlash yo‘lida faoliyat olib boradigan Sanitariya-epidemiologiya sohasining ahamiyati katta.

‼️Soha xodimlarining tinimsiz mehnatlari sababli yurtimizda epidemik barqarorlik saqlanib qolmoqda va salomatlik bilan bog‘liq ko‘ngilsiz holatlarning oldi olinmoqda.

❓Yurtimizda Sanitariya-epidemiologiya sohasi qachondan o‘z faoliyatini boshlagan?

❓Tarix zarvaraqlariga turli yillarda qanday nomlar bilan faoliyat olib borgan?

‼️Bu haqida yuqorida to‘liq ma’lumot berib o‘tildi.

Sanepidqo‘mita Axborot xizmati

 DAVLAT XIZMATCHILARI UCHUN NAVBATDAGI SIYOSIY-MA'RIFAT SOATI BO'LIB O'TDI🔰Bugun Xatirchi tumani Ma'naviyat va ma'rifat ...
29/10/2024


DAVLAT XIZMATCHILARI UCHUN NAVBATDAGI SIYOSIY-MA'RIFAT SOATI BO'LIB O'TDI

🔰Bugun Xatirchi tumani Ma'naviyat va ma'rifat bo'linmasi hamda Xatirchi tuman SEO va JS bo'limi hamkorlikda muassasadagi rahbar va xodimlar uchun bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi "Siyosiy-ma’rifat soati" bo‘lib o‘tdi.

Республикада қайд этилаётган овқатдан заҳарланиш ҳолатлари ва ўтказилаётган профилактик тадбирлар тўғрисида‼️Санэпидқўми...
22/10/2024

Республикада қайд этилаётган овқатдан заҳарланиш ҳолатлари ва ўтказилаётган профилактик тадбирлар тўғрисида
‼️Санэпидқўмита биринчи ўринбосари Нурмат Атабеков томонидан маълумот бериб ўтди.

📋Жумладан, жорий йилнинг ўтган даври мобайнида аҳоли ўртасида умумий заҳарланишлар уй шароитида тайёрланган консерва маҳсулотларини истеъмол қилиш оқибатида юзага келаётгани айтиб ўтилди.

Санэпидқўмита Ахборот хизмати

Йиғилишда кун тартибида кўрсатилган масалалар юзасидан маърузалар тингланмоқда. Баҳром Игамбердиев,  Республика ОИТСга қ...
22/10/2024

Йиғилишда кун тартибида кўрсатилган масалалар юзасидан маърузалар тингланмоқда.
Баҳром Игамбердиев,
Республика ОИТСга қарши курашиш маркази директори:

‼️Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2023 йил 20 январдаги “Одамнинг иммунитет танқислиги вируси келтириб чиқарадиган касалликка қарши курашиш тизимини янада кучайтириш чора-тадбирлари тўғрисида” ПҚ-14-сон қарорида берилган вазифалар ижроси, жойлардаги ДПМларда шифохона ичи инфекцияларини олдини олиш тадбирларининг амалга оширилиш ҳолати бўйича маълумот тақдим этди.

📋 Республикамизда охирги йилларда ОИВ инфекцияси тарқалишига қарши курашга йўналтирилган қатор ишлар амалга оширилди.

Жумладан, аҳоли орасида ОИВ инфекцияси тарқалишига қарши курашиш самарадорлигини ошириш бўйича 2023-2027 йилларга мўлжалланган чора-тадбирлар дастурини амалга оширилиши натижасида ОИВ инфекциясига йилига 4,5 млндан ортиқ текширувлар ўтказилди.

Санэпидқўмита Ахборот хизмати

22/10/2024

‼️Санитария-эпидемиологик осойишталик ва жамоат саломатлиги қўмитасининг 2024-йил 3-чорак якунлари бўйича Ҳайъат йиғилиши бошланди.

♻️ Йиғилишда Санитария-эпидемиологик осойишталик ва жамоат саломатлиги қўмитаси раисининг ўринбосарлари, кун тартибига мувофиқ масалага тегишли бошқарма ва бўлим бошлиқлари ҳамда лаборатория мудирлари;

📊Республика тасарруфидаги муассасалар, илмий-тадқиқот институтлари директорлари;

📊Санитария-эпидемиология қўмитаси муассасалари раҳбарлари иштирок этмоқда.

Санэпидқўмита Ахборот хизмати

Address

Xatirchi Tuman Damariq Mfy Farxod Kuchasi 3-uy
Yangirabad
211001

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Sanepid_Xatirchi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Shortcuts

Share