14/07/2023
Homiladorlik davrida ayol tanasida ko’plab o’zgarishlar kuzatiladi. Masalan, ovqat hazm qilish tizimida (ko’ngil aynishi, qusish, qabziyat va meteorizm) sezgi organlarda (ko’rish, ta’m, hid bilish o’zgarishi) terida (dig’lar, chiziqlar, toshmalar) qon aylanish va nafas olish tizimida turli o’zgarishlar yuz beradi.
Homilaning yaxshi rivojlanib borishi uchun to’yimli, xilma-xil oqsil va vitaminlarga boy mahsulotlar iste’mol qilish kerak.
Homilador ayolda hech qanday bezovtalik bo’lmasa, kuniga 4 mahal ovqatlanish tavsiya etiladi. Bir kunlik ratsionida hayvon oqsillaridan (go’sht, baliq-25%, sut mahsulotlari-20%, tuxum-5%) tashkil qilishi kerak. O’simlik oqsillaridan esa (mosh, no’xat, loviya) yordamida qoplanadi.