Respublikaliq Tez medecinaliq jardem orayi Qaraqalpaqstan filiali

Respublikaliq Tez medecinaliq jardem orayi Qaraqalpaqstan filiali "Respublikaliq Tez medecinaliq jardem orayi Qaraqalpaqstan filiali"

15/09/2026



Тез ёрдам тизимидаги ислоҳотлар самараси.

😎Бухоро тиббиёти (https://t.me/buxorotibbiyoti)

15/09/2026

Tez yordam chaqirishning oltin qoidasi ‼️
🚑 "103" xizmati — bu shoshilinch va hayot uchun xavfli holatlar uchun. Oddiy isitma yoki yengil og‘riqlarda poliklinika shifokoriga murojaat qilish yetarli. Yodda tuting: to‘g‘ri chaqiruv — kimgadir saqlab qolingan hayot degani.
Videoni saqlab qo‘ying va yaqinlaringizga ulashing!

Respublika tez tibbiy yordam markazi Buxoro viloyati filiali axborot xizmati

Bizni kuzatishda davom eting
https://t.me/tezyordambuxoro

Водители просто не знают, как пропускать «скорую». Нужны чёткие правила – Новости Узбекистана – Gazeta
15/09/2026

Водители просто не знают, как пропускать «скорую». Нужны чёткие правила – Новости Узбекистана – Gazeta

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦🇺🇿🇰🇷Toshkent viloyatida zamonaviy oʻquv-simulyatsiya markazi ishga tushirildi🚑 Bugun — 8-sentabr kuni Respublika ...
15/09/2026

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿🇰🇷Toshkent viloyatida zamonaviy oʻquv-simulyatsiya markazi ishga tushirildi

🚑 Bugun — 8-sentabr kuni Respublika tez tibbiy yordam markazining Toshkent viloyati filialida zamonaviy oʻquv-simulyatsiya markazi faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Mazkur markaz Koreya xalqaro sogʻliqni saqlash jamgʻarmasi (KOFIH) koʻmagida Oʻzbekistonda shifoxonagacha boʻlgan bosqichda tez tibbiy yordam xizmati salohiyatini oshirishga qaratilgan grant loyihasi doirasida tashkil etildi.

🤝 Loyiha Respublika tez tibbiy yordam markazi va KOFIH hamkorligida amalga oshirilmoqda.

🎯 Loyihaning asosiy maqsadi — shifoxonagacha boʻlgan bosqichda tibbiyot xodimlarining kasbiy salohiyati va amaliy koʻnikmalarini oshirish orqali aholiga koʻrsatilayotgan tez tibbiy yordam sifatini yanada yaxshilash.

📌 Loyiha haqida
Loyiha 2019-yilda boshlangan.

🔹 1-bosqich 2023-yilda yakunlanib, Toshkent va Samarqand shaharlarida oʻquv-simulyatsiya markazlari tashkil etildi. Ushbu bosqich doirasida Koreya tomonidan 2,8 mln AQSH dollari miqdorida mablagʻ ajratildi.

🔹 2-bosqich 2024-yilda boshlangan boʻlib, uning doirasida mamlakatning barcha hududlarida zamonaviy oʻquv-simulyatsiya markazlarini tashkil etish koʻzda tutilgan. Ushbu bosqich uchun 8 mln AQSH dollari ajratilgan.

🩺 Markazda nimalar oʻrgatiladi?

Markaz zamonaviy tibbiy simulyatorlar va oʻquv jihozlari bilan taʼminlangan.

Bu yerda shifokorlar, feldsherlar va haydovchilar uchun amaliy mashgʻulotlar oʻtkaziladi.

Jumladan:
▪️ bazaviy va kengaytirilgan yurak-oʻpka reanimatsiyasi;
▪️ yangi tugʻilgan chaqaloqlarda reanimatsiya;
▪️ pediatriyada bazaviy reanimatsiya;
▪️ shifoxonagacha boʻlgan bosqichda jarohatlarda tez yordam;
▪️ shoshilinch tugʻruqlarda tibbiy yordam;
▪️ hayot uchun xavfli holatlarda tez tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha amaliy koʻnikmalar.

🚐 Markaz mobil oʻquv uskunalari bilan ham jihozlangan. Bu esa oʻquv mashgʻulotlarini uzoq va chekka hududlarda ham tashkil etish imkonini beradi.

🚑 Toshkent viloyati filiali raqamlarda

Bugungi k***a filial tarkibida 240 ta koʻchma tez tibbiy yordam brigadasi aholiga xizmat koʻrsatmoqda.

Shundan:
🔴 20 ta — reanimatsion;
🔵 166 ta — umumiy amaliyot shifokorlari;
🟢 48 ta — feldsherlik;
🟠 6 ta — psixiatriya brigadasi.

👨‍🏫 Markazning barqaror faoliyatini taʼminlash maqsadida Toshkent viloyati filialining 3 nafar mutaxassisi Koreya Respublikasida Training of Trainers (ToT) dasturi boʻyicha maxsus tayyorgarlikdan oʻtdi.

Endilikda ular hududda tez tibbiy yordam xodimlarini zamonaviy simulyatsion texnologiyalar asosida oʻqitish va amaliy koʻnikmalarini baholash jarayonida ishtirok etadi.

📈 Yangi markaz — bu nafaqat oʻquv bazasi, balki tez tibbiy yordam xodimlarining amaliy salohiyatini muntazam oshirish, favqulodda holatlarda tez va toʻgʻri qaror qabul qilish koʻnikmalarini mustahkamlashga xizmat qiladigan zamonaviy maydondir.

Tadbirda Toshkent viloyati hokimligi, viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi, Respublika tez tibbiy yordam markazi rahbariyati, jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari ishtirok etdi.

📍 Taʼkidlash joizki, grant loyihasining 2-bosqichi doirasida bundan avval Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Surxondaryo va Fargʻona viloyati filiallarida ham ana shunday oʻquv-simulyatsiya markazlari faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.



Telegram (https://t.me/Press_Official_103_uz) | Facebook (https://www.facebook.com/103uzb) | Instagram (https://www.instagram.com/103_press_official_/) | Web-site (https://uz103.uz/uz)| YouTube (https://www.youtube.com/channel/UCWi-mPYP1Q1sJNie-uyxlFQ)

15/09/2026
Kegeylide "Salamatlıq ushın 5000 qádem" salamatlıq marafonı ótkerildiBúgin Kegeyli rayonında xalıq arasında salamat turm...
12/09/2026

Kegeylide "Salamatlıq ushın 5000 qádem" salamatlıq marafonı ótkerildi

Búgin Kegeyli rayonında xalıq arasında salamat turmıs tárizin keńnen úgit-násiyatlaw, fizikalıq belsendilikti arttırıw hám salamatlıqtı bekkemlew maqsetinde "Salamatlıq ushın 5000 qádem" salamatlıq marafonı ótkerildi.

Marafonda rayonlıq shólkem hám mákemelerdiń wákilleri, jaslar hám hayal-qızlar qatnasıp, 5000 qádemnen ibarat piyada júriw shınıǵıwlarında qatnastı.

Ilaj dawamında qatnasıwshılarǵa turaqlı fizikalıq belsendilik penen shuǵıllanıw, salamat awqatlanıw hám salamat turmıs tárizine ámel etiwdiń áhmiyeti haqqında túsinikler berildi.

Bunday ǵalabalıq sport ilajları xalıqtıń salamatlıǵın bekkemlew, fizikalıq belsendilikti arttırıw hám salamat turmıs tárizin qáliplestiriwge xızmet etedi.
__
Kegeylida "Salomatlik uchun 5000 qadam" salomatlik marafoni o‘tkazildi

Bugun Kegeyli tumanida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish va salomatlikni mustahkamlash maqsadida "Salomatlik uchun 5000 qadam" salomatlik marafoni o‘tkazildi.

Marafonda tuman tashkilot va muassasalari vakillari, yoshlar va xotin-qizlar ishtirok etib, 5000 qadamdan iborat piyoda yurish mashqlarida qatnashdi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga muntazam jismoniy faollik bilan shug‘ullanish, sog‘lom ovqatlanish va sog‘lom turmush tarziga amal qilishning ahamiyati haqida tushunchalar berildi.

Bunday ommaviy sport tadbirlari aholi salomatligini mustahkamlash, jismoniy faollikni oshirish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga xizmat qiladi.

Address

Nukus

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Respublikaliq Tez medecinaliq jardem orayi Qaraqalpaqstan filiali posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Shortcuts

Share