08/05/2026
12-MAY — XALQARO HAMSHIRALAR KUNI
🔶Ma’lumki an’anaviy tarzda har yili may oyining o‘n ikkinchi sanasida "Xalqaro hamshiralar kuni" bayram sifatida nishonlanib kelinmoqda.
👩⚕️Salomatlik posbonlarining kasb bayrami munosabati bilan Bulung'ur tuman sog‘liqni saqlash bo‘limida Birlashma boshlig'i Fazliddin Sayfullayevich, Markaziy shifoxona bosh shifokori Djamatov Zafar Artikbayevich hamda tibbiot birlashma kasab uyushmasi qo'mitasi raisi Adilov Shakarbaylarning tumanimizdagi nuroniy hamshiralari bilan uchrashuvi tashkil etildi.
👩⚕️Mazkur tadbirda Tuman sog‘liqni saqlash bo‘limi rahbari bayram ishtirokchilarini samimiy qutlar ekan, ko‘p yillik samarali xizmatlari bilan soha ravnaqiga katta hissa qo‘shayotgan fidoyi hamshiralarni tuman sog‘liqni saqlash bo‘limining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirladi.
✍️ Bulung'ur tuman Sog‘liqni saqlash bo‘limi matbuot xizmati.
Telegram, (https://t.me/Bulungur_SSB)|Instagram (https://www.instagram.com/bulungur_tibbiyot_birlashmasi/ #)|Facebook (https://l.instagram.com/?u=https%3A%2F%2Ffacebook.com%2FBulungurtumantibbiyotbirlashmasi%3Futm_source%3Dig%26utm_medium%3Dsocial%26utm_content%3Dlink_in_bio&e=AUCHyBec2v7xcIL8HeGWpYyxt3vKStBVQB6CYMwebe3GD9KD9B7JnG1w-uKE5Q-NZ9mVm-IIJ-ALqUO7gJq6xoAPjkuNgEjIRNGEx6qg4L0kHdDT1LYCrpxeeFqyyKB28X9eNH4)