09/08/2026
Kuzga tayyormisiz! 1-sentabrgacha 3 hafta qoldi 🎒
Yoz bolalar uchun ajoyib — lekin rejim uchun emas. Kech yotish, tartibsiz ovqat, ekranda ko’p vaqt. Sentabrda esa yuklama birdan ortadi: erta turish, uzoq darslar, sinfda o’ttizta bola.
Natijasi tanish: tez charchash, diqqatning tarqoqligi, tez-tez shamollash.
Yaxshi xabar — 3 hafta yetarli vaqt. Uyqu rejimini har kuni 15 daqiqadan surib boring, nonushtani tiklang, kechqurun telefonni olib qo’ying.
Vitaminlar ham shu davrda ish beradi: Omega-3 diqqat va xotira uchun, D3 immunitetni qo’llab-quvvatlaydi, temir energiya uchun, B guruhi asab tizimi uchun. Ta’siri bir zumda emas — shuning uchun oldindan boshlagan ma’qul.
Qaysi bosqichda qiynalasiz — uyqumi, nonushtami, ekranmi? Izohda yozing 👇
⚠️ Bu ma’lumot tavsiya xarakteriga ega. Dozani shifokor bilan kelishing.