Respublika Ixtisoslashtirilgan Gematologiya Ilmiy Amaliy Tibbiyot Markazi

Respublika Ixtisoslashtirilgan Gematologiya Ilmiy Amaliy Tibbiyot Markazi Республиканский Специализированный Научно-Практический медицинский центр гематологии

27/07/2026

Qandli diabet qon tarkibiga qanday ta`sir qiladi?

Markazimiz olima ayollari bilan tanishing!Abdullayeva Nazokatxon Shuxratovna Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya...
24/07/2026

Markazimiz olima ayollari bilan tanishing!

Abdullayeva Nazokatxon Shuxratovna
Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tayanch doktoranti, laboratoriya diagnostikasi shifokori va oqim sitometriyasi bo‘yicha mutaxassis.

Uning ilmiy tadqiqoti o‘tkir limfoblast leykoz (qon saratonining bir turi)ni yanada aniq va erta tashxislashga bag‘ishlangan.

Tadqiqot davomida dunyoda o‘tkir leykozni aniqlashda eng ishonchli usullardan biri hisoblangan oqim sitometriyasi asosidagi immunofenotiplash tekshiruvi markaz faoliyatiga joriy etildi. Bu usul kasallikning turini aniq belgilash va bemorga to‘g‘ri davolash usulini tanlashga yordam beradi.

Shuningdek, tadqiqot davomida o‘tkir limfoblast leykozning turli ko‘rinishlari o‘rganildi. Natijada, O‘zbekistonda ilk bor kasallikning kam uchraydigan va og‘ir kechadigan shakllaridan biri — erta T-hujayra o'tmishdoshlaridan kelib chiqgan o'tkir limfoblast leykoz (ETP-ALL) diaganostikasi ham yo’lga qo’yildi.

Ilmiy ish natijalari asosida bugungi k***a Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga murojaat qilgan barcha birlamchi leykoz bemorlarida immunofenotiplash tekshiruvi muntazam o‘tkazilmoqda. Bu esa tashxis aniqligini oshirib, davolashni o‘z vaqtida va to‘g‘ri rejalashtirish imkonini bermoqda.

Tadqiqot davomida to‘plangan natijalar esa kelajakda o‘tkir leykozlarning immunofenotipik xususiyatlari bo‘yicha milliy ma’lumotlar bazasini yaratish uchun muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

14/07/2026

Og’ir kunlar ortda qoldi

Markazimizga og’ir ahvolda olib kelingan Tojikistonlik bemor quvonarli natijaga erishdi.

Davolash jarayonlari samarasi bilan bemor remissiyaga chiqdi va sog’ayish bosqichiga o’tdi.

04/07/2026

Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori M. Islomov boshchiligida Jizzax viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida gematologik xizmat sifati, diagnostika va davolash imkoniyatlari hamda moddiy-texnik baza o‘rganildi.

Tashrif davomida soha mutaxassislar bilan mavjud muammolar muhokama qilinib, kadrlar tayyorlash, shifokor va hamshiralar malakasini oshirish, sayyor o‘quv sikllarini tashkil etish hamda amaliy yordamni kuchaytirish bo’yicha vazifalar belgilab olindi.

Shuningdek, onkogematologiya bo‘limi faoliyati ko‘zdan kechirilib, bo‘lim infratuzilmasini yaxshilash, yangi muolaja xonalarini tashkil etish va o‘rinlar sonini 15 tadan 21 taga yetkazish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

Mazkur tashrif hududlarda gematologik xizmat sifatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

———
Директор Республиканского специализированного научно-практического медицинского центра гематологии М. Исламов посетил Джизакский областной многопрофильный медицинский центр, где была изучена организация гематологической службы, оценены качество оказания медицинской помощи, возможности диагностики и лечения, а также состояние материально-технической базы.

В ходе визита совместно со специалистами отрасли были обсуждены существующие проблемы и определены приоритетные задачи, направленные на подготовку кадров, повышение квалификации врачей и среднего медицинского персонала, организацию выездных учебных циклов, а также усиление практической помощи регионам.

Кроме того, была ознакомительно изучена деятельность отделения онкогематологии. По итогам осмотра даны рекомендации по совершенствованию инфраструктуры отделения, созданию новых процедурных кабинетов и увеличению коечного фонда с 15 до 21 койки.

Данный визит станет важным шагом на пути дальнейшего повышения качества гематологической помощи в регионах и выведения гематологической службы на новый уровень.

Qon tomirlar mustahkam bo‘lishi uchun nimalarga rioya qilish kerak?
24/06/2026

Qon tomirlar mustahkam bo‘lishi uchun nimalarga rioya qilish kerak?

Qashqadaryoda ham gematologik xizmatni rivojlantirish ishlari davom etmoqdaMarkazimiz mutaxassislari hududdagi tibbiyot ...
22/06/2026

Qashqadaryoda ham gematologik xizmatni rivojlantirish ishlari davom etmoqda

Markazimiz mutaxassislari hududdagi tibbiyot muassasalarida bo‘lib, gematologik kasalliklarni erta aniqlash, bemorlarni to‘g‘ri yo‘naltirish va davolash samaradorligini oshirish masalalariga e’tibor qaratmoqda.

Tashrif davomida murakkab klinik holatlar ko‘rib chiqilib, mutaxassislar bilan amaliy muloqotlar o‘tkazildi.

Asosiy maqsad — zamonaviy yondashuvlarni hududlarga olib kirish va sifatli gematologik yordam imkoniyatlarini yanada kengaytirishtir.


В Кашкадарьинской области продолжается работа по развитию гематологической службы.

Специалисты нашего центра посещают местные медицинские учреждения, уделяя особое внимание вопросам раннего выявления гематологических заболеваний, правильной маршрутизации пациентов и повышения эффективности лечения.

В ходе визита были рассмотрены сложные клинические случаи, а также проведены практические обсуждения с местными специалистами.

Основная цель — внедрение современных подходов в регионы и дальнейшее расширение возможностей оказания качественной гематологической помощи.

Markazimiz mutaxassislari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholiga ko‘rsatilayotgan gematologik yordam sifatini...
19/06/2026

Markazimiz mutaxassislari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholiga ko‘rsatilayotgan gematologik yordam sifatini oshirish va yuqori texnologiyali tibbiy xizmatlarni hududlarda amaliy ishlar olib borildi.

Tashrif doirasida markaz gematologi D. Orazxanov bemorlar bilan uchrashib, ularni ko‘rikdan o‘tkazdi hamda davolashning keyingi bosqichlari bo‘yicha zarur tavsiyalar berdi.

Shuningdek, hududiy tibbiyot muassasalari mutaxassislari bilan tajriba almashilib, zamonaviy diagnostika va davolash usullarini amaliyotga keng joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Bu kabi tashriflar aholi uchun malakali tibbiy yordamning yanada yaqin va sifatli bo‘lishini ta’minlashga xizmat qilmoqda.


Специалистами нашего Центра в Республике Каракалпакстан проведены практические мероприятия, направленные на повышение качества гематологической помощи населению и расширение доступности высокотехнологичных медицинских услуг в регионах.

В рамках визита врач-гематолог Центра Д. Оразханов провёл встречи с пациентами, осуществил их осмотр и дал необходимые рекомендации по дальнейшим этапам лечения.

Кроме того, состоялся обмен опытом со специалистами региональных медицинских учреждений, в ходе которого были обсуждены вопросы широкого внедрения в практику современных методов диагностики и лечения.

Подобные выездные мероприятия способствуют повышению доступности квалифицированной медицинской помощи и дальнейшему улучшению качества медицинских услуг для населения.

Ayni daqiqalardaRespublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida “Gemofiliyani davolashda zam...
12/06/2026

Ayni daqiqalarda
Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida “Gemofiliyani davolashda zamonaviy tendensiyalar va istiqbollar. Gemofiliyaga multidisiplinar yondashuv ko‘nikmalarini kengaytirish” mavzusidagi seminar o‘z ishini boshladi.

Tadbir davomida sohaning yetakchi mutaxassislari gemofiliyani davolashning zamonaviy usullari va ilg‘or tajribalar yuzasidan ma’ruzalar bilan ishtirok etadilar.

Seminar va unda ko’rib chiqilgan masalalar yuzasidan batafsil ma’lumot taqdim etamiz.


В эти минуты!
В Республиканском специализированном научно-практическом медицинском центре гематологии начал свою работу семинар на тему: «Современные тенденции и перспективы в лечении гемофилии. Расширение навыков междисциплинарного подхода в лечении гемофилии».

В рамках мероприятия ведущие специалисты отрасли выступят с докладами, посвящёнными современным методам лечения гемофилии, актуальным вопросам диагностики и передовому международному опыту.

Подробную информацию о ходе семинара и обсуждаемых вопросах мы представим в наших следующих публикациях.

10/06/2026

Surunkali oqqon kasalligini davolash ishlari qanday ketmoqda?

Bir yilda qancha kasal davolanayapti?

Sog‘lom odam bir yilda necha marta qon tahlili topshirish kerak?

Bular haqida oliy toifali gematolog, tibbiyot fanlari doktori Zulxumor Yunusovaning mulohazalari bilan tanishishingiz mumkin.

___

Как обстоят дела с лечением хронических лейкозов?

Сколько пациентов удаётся вылечить за год?

Сколько раз в год здоровому человеку необходимо сдавать анализ крови?

С мнением по этим вопросам можно ознакомиться в выступлении доктора медицинских наук, гематолога высшей категории Зулхумор Юнусовой.

05/06/2026

Yana bir umidli natija!

Markazimizda 1 yil davomida davolangan bemorda kasallik remissiyasiga erishildi.

Hozirda bemor ilik ko‘chirib o‘tkazish jarayoniga tayyorlanmoqda. Bu esa sog‘ayish sari tashlangan muhim qadamdir.
Bemorimizga transplantatsiya jarayoni muvaffaqiyatli o‘tishini, tez orada sog‘lom va baxtli hayotga qaytishini tilaymiz.


Ещё один обнадёживающий результат!

У пациента, проходившего лечение в нашем центре в течение одного года, достигнута ремиссия заболевания.

В настоящее время пациент готовится к трансплантации костного мозга. Этот этап является важным шагом на пути к выздоровлению.
Желаем пациенту успешного проведения трансплантации, скорейшего восстановления и возвращения к полноценной и здоровой жизни.

Address

Tashkent
100097

Opening Hours

Monday 09:00 - 17:00
Tuesday 09:00 - 17:00
Wednesday 09:00 - 17:00
Thursday 09:00 - 17:00
Friday 09:00 - 17:00
Saturday 09:00 - 17:00

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Respublika Ixtisoslashtirilgan Gematologiya Ilmiy Amaliy Tibbiyot Markazi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Shortcuts

Share