13/05/2026
Bugun, 2026-yil 12-may kuni Shayxontohur tuman Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasida 12-may — Xalqaro hamshiralar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida poliklinika boshlig‘i Kilichev Anvar Akramovich tomonidan o‘z kasbiga fidoyilik bilan yondashib, aholiga sidqidildan xizmat qilib kelayotgan hamshiralarimiz bayram bilan samimiy tabriklandi.
Shuningdek, poliklinikamiz ravnaqi va bemorlar salomatligini saqlash yo‘lidagi mehnatlari uchun bir guruh hamshiralar esdalik sovg‘alari hamda faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.
Inson salomatligi yo‘lida tun-u kun xizmat qilayotgan barcha hamshiralarimizni kasb bayramlari bilan muborakbod etamiz. Sizlarning mehnatingiz, mehringiz va sabr-toqatingiz har qancha e’tirofga loyiqdir. 💐