06/07/2022
Umurtqa pog‘onasidagi og‘riqlar ish qobiliyatini pasaytirib, shifokorga murojaat qilishga sabab bo‘luvchi holatdir. Umurtqa pog‘onasidagi og‘riqlar har qanday yoshda kuzatiladi, ko‘proq 35 va 55 yoshlar oralig‘ida uchraydi. Umurtqa pog‘onasidagi og‘riqlar bir-biri bilan
bog‘liq bo‘lgan mushaklar, suyaklar va boylamlarning ish faoliyatida o'zgarishlar bo‘lishidan kelib chiqadi. Umurtqa pog‘onasining bel sohasidagi og‘riqlarga bel, dumg‘aza umurtqalari, umurtqalararo disklar, suyaklar va disklar orasidagi boylam, bel nervlari, bel mushaklarida bo‘ladigan o‘zgarishlar sabab bo‘ladi. Ko‘krak umurtqalaridagi og‘riqlarga esa, ko‘krak sohasidagi o‘smalar va umurtqa suyaklarining yallig‘lanishlari sabab bo‘lishi mumkin.
Umurtqa sohasidagi og‘riq sabablari:
👉Zo‘riqish
👉Tizimdagi muammolar
👉Kunlik harakatlar
👉Xavf omillari
👉Belgilari
👉Diagnozi
Kasallikni davolashni eng yaxshi usuli bu - uni oldini olish.
O'zingizni extiyot qiling!